Joriy yilning 17-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetida “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Gid-tarjimonlarni tayyorlash klubi»ning navbatdagi darsi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu darsda klub a’zolariga malakali tarjimon bo‘lish uchun qanday xususiyatlarga ega bo‘lish, tarjimon etikasi va shahrimizda joylashgan barcha tarixiy obidalar haqida klub yetakchisi Nasrullayev Javoxirxon tomonidan to‘liq ma’lumotlar batafsil so‘zlab o‘tildi. Shuningdek, klub a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng yaxshi insho» tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
G‘oliblar tarkibi quyidagicha:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan Po‘latova Sabina, Ingliz tili-II fakultetidan Bobojonova Munisa va Rasulova Nozima.
Tanlov g‘oliblariga “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




