SamDCHTI akademik litseyida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nuriddinova Nafisaning 211-guruh o‘quvchilari bilan birgalikda “Oybekning hayoti va ijodi”ga bag‘ishlangan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida Oybek va uning ijodini o‘qitishda noan’anaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Dars litseyning malakali ustoz o‘qituvchilari tomonidan tahlil qilindi va ijobiy baholandi. Jumladan, ochiq dars noan’anaviy usulda, qiziqarli va muhim ma’lumotlar asosida olib borilganligi ta’kidlab o‘tildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









