Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida “Bolalar nashriyoti” muharriri, “Oʻzbekiston davlat nashriyoti” bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida ushbu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.
Joriy yilning 27-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Zebi zamona Zulfiyaxonim” shiori ostida tantanali katta tadbir tashkil etildi. Unda institut talabalari shoira Zulfiya ijodidan namunalar keltirishdi. Jumladan, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Zalfiyaxonim hayoti bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar hamda raqslar ham tadbir doirasidan o‘rin oldi.
Tabdirni tashkil etishda faollik ko‘rsatganligi uchun “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi hamda Ingliz tili-II fakulteti talabalari minnatdorchilik sifatida faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain








