Dunyoda jinoyatchilik va uning oldini olish ming yillardirki dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammo mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Xususan, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati yetkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etilishda davom etmoqda.
Samarqand viloyat IIB xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar ongidagi g‘oyaviy bo‘shliqning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, yosh iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
E’tirof etish joiz, ta’lim muassasalarida bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga va yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






