Joriy yilning 29-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Spelling bee contest – 2020”  ko‘rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur tanlovda ingliz tili bo‘yicha salov-javoblar o‘tkaziladi. Jumladan, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, to‘g‘ri yozish va ingliz tili orfografiyasiga oid bilim va ko‘nikmalari sinab ko‘riladi. Ushbu tanlov O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi vakili Mina Gavell tomonidan tashkil etilmoqda. Tanlov sinovlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar 2020-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

O‘tgan yili Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Laziza Ergasheva “Spelling bee contest” tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bosqichida “Markaziy Osiyoning eng yaxshi talaffuz egasi” nominatsiyasi ishtirokchisi sifatida e’tirof e’tilgan.

Ma’lumotlar Laziza Ergasheva tomonidan tayyorlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-29 16:30:00 97