2020-yil 9-mart kuni soat 11:00 da Ilmiy kengash xonasida institutning barcha tadbirkorlik faoliyati, innovatsion loyihalar va ishlanmalar, Start Up loyihalari mavjud bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari hamda shu sohaga qiziquvchilar Samarqand viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Ibragimov Nozir Aliyevich bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ishtirok etishdi.

Muloqotni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Muloqotda institutning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan Start Up loyihalari namoyish etildi. Jumladan, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi Aslanov Shaxram “Ingliz tilini tez va oson o‘rgatish”, 3-kurs talabasi Sattorova Gulmira “O‘zbekistonda onlayn universitet”, Roman-german tillari fakulteti 2-kurs talabasi Ro‘zimurodova Zarina “Tarixiy joylarda  foto booth o‘rnatish”, 2-kurs talabasi Yaxshimurodov Umar “Ekoturizmni rivojlantirishda O‘zbekiston tabiatining o‘rni”, 2-kurs talabasi Xudoyorova Farangiz “Sog‘lom ovqatlanish peramedasi” 1-kurs talabasi Boymurodova Nodira “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish”, Ingliz tili I fakulteti 3-kurs talabasi Normo'minov Murod “"Eigo" – ingliz tilini mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan innovatsion audiokurs va veb-sayt” mavzularidagi loyihalari bilan faol qatnashishdi.

Tadbir so‘ngida Ibragimov Nozir Aliyevich talabalarga “Start Up loyihalari va talaba yoshlar uchun tadbirkorlik imkoniyatlari” mavzusidagi ma’ruzasini o‘tib, ularga kerakli yo‘l-yo‘riqlar berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tadbirda faol qatnashganlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-09 19:35:00 92