Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov Vebster universitetining (AQSh) Kansleri Tim Kin (Tim Keane) boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda SamDCHTIda 2025-2026-o‘quv yilidan hamkorlikdagi yangi o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar 2019-yildan boshlangan. Shundan buyon magistratura bosqichida bir yillik MA TESOL dasturi bo‘yicha har yili SamDCHTIning o‘nlab talabalari AQShda o‘qib, Webster universiteti diplomiga ega bo‘lishmoqda.
© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
