​AQShning Vebster universiteti (Webtster University) bilan hamkorlik yanada kengayadi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov Vebster universitetining (AQSh) Kansleri Tim Kin (Tim Keane) boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda SamDCHTIda 2025-2026-o‘quv yilidan hamkorlikdagi yangi o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar 2019-yildan boshlangan. Shundan buyon magistratura bosqichida bir yillik MA TESOL dasturi bo‘yicha har yili SamDCHTIning o‘nlab talabalari AQShda o‘qib, Webster universiteti diplomiga ega bo‘lishmoqda.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-04-12 18:19:08 95