Samarqand davlar chet tillar instituti

Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan talabalar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning http://www.transfer.edu.uz/  elektron platformasi tayyorlangan.

Tizim hozircha test rejimida. Tizim 15:00 dan boshlab toʼlaqonli ishga tushirilgan.

Shu paytgacha Respublikaning 14 ta hududlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarida fuqarolarning arizalari qabul qilinar edi. Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-07-15 16:55:00 98