Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining “Uzoq Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchilari hamda  fakultetning 102-, 109-, 110-guruh talabalari Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatida bo’lishdi.

Jarayon davomida Sharq tillari fakulteti jamoasi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, raqslar hamda savol-javob o’yinlari maktab-internatida tahsil oluvchi bolalarga namoyish etildi.

Shuningdek, jarayon so’ngida bolajonlarga “Uzoq Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultetning 102-, 109-, 110-guruh talabalari tomonidan olib borilgan Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-17 14:30:00 137