Joriy yilning 6-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama etildi:
- Korrupsiyasiz ta’limni yanada rivojlantirish lozimligi;
- Yaqinlashib kalayotgan bayram kunini, ya’ni “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni tantanali tarzda tashkil etish;
- Institut reytingini yuqori darajaga ko‘tarish;
- Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishi hamda maqolalarini xorijning nufuzli jurnallarida chop ettirish;
- Zamonaviy AKT kompyuter vositalarining institutga 50ga yaqin olib kelinganligi, kompyuter sinfxonalarini ko‘paytirish lozimigi, shuningdek, talabalarning ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
- Shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida to‘laganligi hamda imkoniyati yetarli bo‘lmagan talabalarga 10-yanvarga qadar muddat belgilanishi;
Eslatma: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shartnoma to‘lovi muddatini 2019-yilning 31-dekabr kuni etib belgilagan edi.
- Shartnoma to‘lovining 2-yarim yilligining to‘lov muddati joriy yilning 1-mart kuni etib belgilanishi;
- Super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning ham 2-yarim yillik uchun shartnoma to‘lovi joriy yilning 1-mart kuni etib belgilanishi (talaba xohlasa oyma-oy bo‘lib to‘lashi, xohlasa 1-martga qadar birdan to‘lash imkoniyatlari mavjudligi ham bildirib o‘tildi);
- Iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, nomdor stipendiyalar sohiblarini tayyorlab chiqaradigan kurslar tashkil etish.
E'lon: Joriy yilning 7-10 yanvar kunlari nomdor stipendiya sohib va sohibalari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







