O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi, ya’ni  yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan tashabbus doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german  tillari fakultetida yoshlar radiosi tashkil etildi. 

Mazkur  radio   "Fransuz tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri dots.N.Suvonova tashabbusi bilan  ishga tushirildi va u “YOSH  FILOLOGLAR  SADOSI” deb nomlandi.  Ushbu fakultet  radiosi  haftaning har juma kuni, ya’ni axborot soati va  ma’naviyat kunlaridagi katta tanaffus davomida eshittirilishi hamda  unda asosan fakultet va institutda ro‘y berayotgan yangiliklar, shuningdek, talabalarga xos boshqa ruknlar eshittirilishi  rejalashtirilgan. 

Radioning  tahririyat a’zolariga fakultet doirasidagi tegishli kafedra va dekanatdan efirbop  ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi. Radioning asosiy ishchi guruh  a’zolari sifatida Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Yusupova rahbarligida 104-fransuz o‘zbek guruhi talabalari mas’uliyatli vazifani o‘z zimmalariga oldilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati 

Share:
2020-02-29 14:20:00 109