Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, Pedagogika fanlari doktori (DSc) Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ko‘p yillar davomida tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan vaqt davomida juda ko‘plab badiiy asarlarni, jumladan, o‘zbek adabiyotining yorqin namunalari hisoblangan romanlar, qissalar, hikoyalarni tarjima qilgan.
Mazkur lavhada tarjima qilgan romanlaridan namunalar havola etilgan. Ta’kidlash joiz, ahamiyatli jihati Ilxomjon Madaminovich o‘zbek tilidagi badiiy romanlarni ingliz tiliga tarjima qiladi.
Xorijiy davlatlar vakillariga ham o‘zbek adabiyotining yorqin namuna asarlari bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘lmoqda, ya’ni o‘zbek hamda Yevropa adabiyoti o‘rtasidagi zamonaviy “tarjimashunoslik ko‘prigi” deyishimiz ham mumkin. Pedagogika fanlari doktori (DSc) Ilxomjon Madaminovichning so‘nggi tarjimasi yozuvchi Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani edi.
Hozirda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani ustida ham tarjima ishlarini davom etkazmoqdalar. Ushbu roman AQSHlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi va tez kunlarda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining ingliz tilidagi variyanti barcha kitobxonlarga taqdim etiladi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






