Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Hanban tashkiloti tomonidan institutda “Chinese bridge” loyihasi tashkil etilgan edi.
Ushbu loyiha doirasida institutning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining xitoy tili ta’lim yo'nalishi professor-o’qituvchilari va talabalari 2021-yil 11-yanvardan 24-yanvargacha Shanxay xorijiy tillar universitetining onlayn o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kursni yakunlagan o'qituvchi va talabalar Shanxay xorijiy tillar universiteti tomonidan sertifikat va sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain

