Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi 2005-yilda Ingliz filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu kafedra Ingliz tili-I fakulteti tarkibiga kiritilgan. Kafedrada 2 nafar professor, 6 nafar dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi, 9 nafar assisstent-o’qituvchi va 3 nafar stajyor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan raqobatbardosh bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlab berishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Shunga ko’ra, kafedra professor-o'qituvchilarining barchasida til bilish darajasini aniqlash bo’yicha C1 sertifikatlar mavjud. Kafedrada bakalavriat yo’nalishida 5 ta, magistratura yo’nalishida 1ta fan o’qitiladi.
Kafedraning ilmiy yo'nalishi "Xorijiy tillarni o’qitishning lingvometodik tamoyillari" deb nomlanadi. Shunga ko’ra, professor-o'qituvchilar ushbu yo'nalishda imiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
