image

Kafedra mudiri: Begmatova Dilnoza Muxtarovna

+998 (88) 068-40-40
dbegmatova@list.ru

Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi

Bugungi kunda “Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘zining shonli tarixiga ega.   1995-yilda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida tajribali ustozlar faoliyat yuritib, “Maktabgacha ta’lim ingliz tili bilan” fakultetining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan: professor U.O. Otavalieva, dotsent Yu.N.Abdullaev, dotsent F.B.Valixodjayeva.  
Turli davrlarda kafedraga prof. M.M. Maxmudova, dotsent E.A. Iskandarov, dotsent H.Q. Bo'riev, katta o’qituvchi M.U. Gadjieva, katta o’qituvchi B.Sh.Sharafov, dotsent A.I.Saidov boshchilik qilib kelishgan.
“Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi 2024-yil, avgustda Institut Kuzatuv kengashi qarori bilan qayta tashkil topib, ushbu sanadan e’tiboran PhD, Dotsent D.M.Begmatova ushbu kafedraga kafedra mudiri etib tayinlandi.
Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar professor - o‘qituvchilar, jumladan, 3 nafar fan doktori professor, 1 nafar professor jami 4 nafar professor, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dotsent 1 nafar, psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dotsent 2 nafar, dotsent 1 nafar jami 4 nafar dotsent, psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 2 nafar, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
2 nafar, katta o‘qituvchi 3 nafar, assistent-o‘qituvchi 6 nafar, 1 nafar o‘qituvchi-stajyorlar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda.
Professor - oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi 43 yosh, kafedra ilmiy salohiyati asosiy shtatda 54 % ni tashkil etadi.
 
 
 
 
 
 
Ilmiy uslubiy faoliyat

Kafedraning ilmiy uslubiy faoliyati...

Batafsil →
Hamkorlik aloqalari

Kafedraning hamkorlik aloqalari..

Batafsil →
O'qitiladigan fanlar

Kafedrada o'qitiladigan fanlar...

Batafsil →
Jamoa

Kafedra jamoasi...

Batafsil →