Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi: Abduraxmonov Fozil Irgashevich
+998 (93) 999-55-67
.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi Samarqand davlat chet tillari Institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘limning faoliyati Institutda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita Institut rektoriga bo‘ysunadi hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning buyruqlariga va hay'ati qarorlariga, vazirlikning 2021 yil 22 oktyabrdagi 443-sonli buyrug‘iga 9-ilova O‘zbekiston Respublikasi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomiga, Institutning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini Institutning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Bo‘lim tuzilmasi
Bo‘lim tuzilmasi bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassisni o‘z ichiga oladi.
Bo‘limga boshliq rahbarlik qiladi. Bo‘lim faoliyati mustaqilligini ta'minlash maqsadida bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida bevosita Institut rektoriga va bo‘lim bosh mutaxassisi bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Bo‘lim boshlig‘i Institutning bo‘ysunuvidagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Institut rektorining buyrug‘iga muvofiq belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Bo‘limning bosh mutaxassisi Institut rektorining buyrug‘i bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- “Korrupsiyasiz soha” loyihasini Institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash;
- Institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
- Institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;
- Institutda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
- Davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- Institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
- Institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
- Institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
- Institutning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma'lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta'minlaydi;
- Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- Institut huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi;
- Institutda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga kiritib boradi.
- Institut va uning huzuridagi akademik litseyga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyasiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;
- Institut va uning huzuridagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma'lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
- Xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida Institut xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
- Institutning kengash majlisi yig‘ilishlarida ishtirok etish;
- Institut rektoriga komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritish;
- Vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, Institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
- O‘z faoliyati doirasida Institutning tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;
- Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
