Nemis filologiyasi kafedrasi
Bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan “Nemis tili va adabiyoti kafedrasi” o’z shonli tarixiga ega. SamDU qoshidagi hamda 1994-yil Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan nemis tili kafedrasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Rossiya ijodkorlar akademiyasining akademigi prof. A.M.Bushuy, prof. M.M.Nusharov, prof. M.Sh.Mamatov, prof.B.T.Tursunov, dotsentlar X.S.Samadov, O.I.Veydo, X.Mirsaidova, K.N.Nomozov, G`.E.Ergashev, K.A.Turniyozova, N.Elmurodov, F.H.Tog’ayev, S.J.Jabborov shuningdek, D.Ye.Gaus, P.Usmon Z.F.Shishkina, N.U.Utyapova, R.M.Xusainova/Allayeva kabi tajribali professor-o’qituvchilar faoliyat ko`rsatishgan. Kafedraga turli yillarda prof. A.M. Bushuy, prof. B.T.Tursunov, dots. X.S.Samadov, dots. X.S.Ibragimova, dots. K.N.Nomozov, dots. G.E.Ergashev, dots. N.Elmurodov, dots. M.B.Begmatov, dots. B.Ya.Primov, dots. P.J.Nazarov, katta o’qituvchi O.Jumayev, katta o’qituvchi N.G.Sodiqovalar mudirlik qilishgan. 2021-2022 o’quv yilidan boshlab nemis tili adabiyoti kafedrasini dots. S.Anorqulov boshqarib kelmoqda. Kafedra ilmiy faoliyati bo`yicha nafaqat institutda, balki Respublika miqiyosida ham yetakchi o`rinda turadi. Hozirda kafedraning asosiy shtatdagi 28 a’zosidan 2 nafari professor, 10 nafari fan nomzodi va PhD doktorlari sanaladi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
