Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
Kafedra 1998-yilda institutda tarjimonlik mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilinishi bilan “Tillar va tarjima kafedrasi” sifatida tashkil topgan. 2003-yildan boshlab kafedraning nomi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” deb atala boshlandi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida ikki nafar filologiya fanlari doktori (prof. Safarov Sh.S., prof. v.b. Xalimova F.R.) bir nafar xorijlik malakali mutaxassis (prof. Ravender Gargash), 4 nafar filologiya fanlari nomzodi va PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lgan dotsentlar (dots. Qo‘ldoshov O‘.O‘., dots. Xolmuradova L.E., dots. Saliyeva Z.I., dots. Turdiyeva N.Y.), 2 nafar dotsent v.b. (Daminov N.Q., Kasimova A.N.), shuningdek, 5 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar assistent o‘qituvchi va 9 nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning jami professor-o‘qituvchilari soni 26 nafarni tashkil etadi.
Kafedra manzili: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy. Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti o‘quv binosi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
