image

Kafedra mudiri: Toxtamishev Abdurasul Abdurazzoq ugli

+998 (97) 924-45-49
abdurasul_tukhtamishev@mail.ru

Xitoy filologiyasi kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2024-yil 22-yanvar kuni Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu forumda ta’lim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida faol ishtirok etgan Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDCHTI) Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari — Pekin til va madaniyat universiteti, Veynan pedagogika universiteti, Tianjin xorijiy tillar universiteti hamda Jilin xorijiy tillar universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Bu kelishuvlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani, ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’lim tizimi orqali inson kapitalini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar ushbu tashabbusning dolzarbligini yanada oshirdi.

Mazkur xalqaro kelishuvlar hamda O‘zbekiston–Xitoy ta’lim sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida institut rektorining 2025-yil 10-fevraldagi 38-sonli buyrug‘i asosida “Xitoy filologiyasi kafedrasi” tashkil etildi. Kafedra faoliyati Xitoy tilini, madaniyatini, falsafasini va zamonaviy Xitoy jamiyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, yangi kafedra doirasida Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma bakalavr va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini tashkil etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro grantlar asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ilmiy uslubiy faoliyat

Kafedraning ilmiy uslubiy faoliyati...

Batafsil →
Hamkorlik aloqalari

Kafedraning hamkorlik aloqalari..

Batafsil →
O'qitiladigan fanlar

Kafedrada o'qitiladigan fanlar...

Batafsil →
Jamoa

Kafedra jamoasi...

Batafsil →