Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi

image

Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi: Safaraliyev Bozor Safaraliyevich

+998 (94) 093-03-30
Bozorsafaraliev@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 sonli Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 6003-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida xalqaro reytinglar bo‘yicha ishlash bo‘limi tashkil etilgan.

Xalqaro reytinglar bo‘yicha ishlash bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- bo‘limning barcha faoliyatini umumiy boshqarish;
- bo‘limning ish-rejalarini, yo‘l xaritalarini va ishchi dasturlarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS), u-Multirank, Webometrics, UniRank, Universities of World with Real Impact, IU-Greenmetrics, MosIUR va boshqalar kabi xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
- yo‘nalishlar reytingida, jahon OTMlari reytinglarida ishtirok etish uchun institut haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
- institut reytingiga ta’sir qiluvchi parametrlarning doimiy monitoringini amalga oshirish;
- institut kafedralari va fakultetlarining xalqaro reytinglarga qo‘shgan hissasini baholash va ko‘rsatkichlarini takomillashtirish;
- bo‘lim xodimlarini xalqaro reyting tizimi talablari bilan tanishtirish;
- xalqaro reytinglarda ishtirok etish, bo‘lim faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish.

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI RUR (ROUND UNIVERSITY RANKINGS) - 2023 XALQARO REYTINGIDA ILK MAROTABA QATNASHIB KUCHLI TOP-1000 TALIK OTMLAR RO‘YXATIGA QAYD ETILDI

 

Round University Rankings (RUR) – OTMlar faoliyatining 20 ta ko‘rsatkichlari va 4 ta asosiy yo‘nalishlari: o‘qitish, tadqiqot, xalqaro va moliyaviy barqarorlik bo‘yicha 82 mamlakatdagi universitetlar faoliyatini o‘lchaydigan xalqaro global universitetlar reyting tizimi hisoblanadi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti gumanitar fanlar yo‘nalishida:

1. “Jahon universitetlari reytingi”da 30.456 ball bilan 881 o‘rinda,
2. “Sifatli taʼlim berish reytingi”da 41.808 ball bilan 688 o‘rinda,
3. “Tadqiqot qilish reytingi”da 18.536 ball bilan 888 o‘rinda,
4. “Xalqaro xilma-xillik reytingi”da 28.626 ball bilan 830 o‘rinda
5. “Moliyaviy barqarorlik reytingi”da 12.599 ball bilan 904 o‘rinda qayd etildi.

48 TA OTM WORLD UNIVERSITY RANKINGS – 2024 XALQARO REYTINGIDA “REPORTER” MAQOMIGA EGA BO‘LDI

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi. Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi. Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar. Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI THE YOUNG UNIVERSITY RANKINGS - 2023 XALQARO REYTINGIDA “REPORTER” MAQOMIGA EGA BO‘LDI

Times Higher Education Young University Rankings dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e'lon qildi. Bu yil respublikamizning yana 12 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o'tgan yilgi 4 tadan 12 taga yetdi. "THE Young University Rankings 2023" THE WUR bilan bir xil 13 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi, biroq ular OTMlarda mavjud bo'lgan eng keng qamrovli va muvozanatli taqqoslashni ta'minlash uchun barcha asosiy missiyalari - o'qitish, tadqiqot, bilimlarni uzatish va xalqarolashtirish bo'yicha baholanadi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 963 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 358 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar OTMlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

 

“ASIA UNIVERSITY RANKINGS 2023” REYTINGI RO‘YXATIGA 32 TA OTM “REPORTYOR” MAQOMIDA KIRITILDI

2023-yil 22-iyun kuni Xitoyning Gonkong universitetida tashkil etilgan “Times Higher Education Asia Universities Summit” doirasida Times Higher Education agentligining “Asia University Rankings 2023” (“Osiyo universitetlari reytingi – 2023”) natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda respublikamizning 32 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilindi. “Asia University Rankings 2023” reytingida mintaqaning 31 ta davlatdan 669 ta oliy ta’lim muassasasi qayd qilingan bo‘lib, ularning faoliyati 13 ta indikator asosida baholangan. Ma’lumot uchun, 2022-yilda ushbu reytingdan mamlakatimizning 10 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilingan edi.

 

“UI GREENMETRIC” XALQARO REYTINGIGA KIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR

Joriy yilning 12-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida UI GreenMetric xalqaro reyting agentligi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan UI GreenMetric reytingi haqida batafsil ma’lumot, reyting indikatorlari va reytingda qatnashish uchun kerakli jarayonlar haqida vebinar tashkil etildi. Vebinarda SamDCHTI xalqaro reytinglar bo‘yicha ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Nasrullayev, fakultetlar xalqaro va ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va kafedralardan mas’ullar ishtirok etishdi. Barcha qatnashuvchilar o‘zlarini qiziktirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda vebinar qiziqarli tarzda yakunlandi.

 

 “WEBOMETRICS” REYTINGIGA KIRISH UCHUN AMALIY ISHLAR

Institutimizning Webometrics Ranking of World University reytingidagi o‘rni ancha yaxshilandi. Oldin Respublika OTMlari orasida 37 o‘rinda hozir 28 o‘rindamiz - 9 pog‘ona natija yaxshilandi. Jahon OTMlari orasida (aynan shu reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha) 14537 da edik hozir 12517 ga ko‘tarildik 2020 ta pog‘ona yaxshilandi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti taʼlim sifatiga alohida eʼtibor qaratib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar sari dadil intilmoqda. Butun dunyoga o‘z nufuzi va shaffofligi bilan tanilgan Buyuk Britaniyaning Times Higher Education –“THE” reytingida universitet natijalari eʼtirof etildi. Unga ko‘ra, Times Higher Education (Impact Rankings) – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari” ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 3 ta yo‘nalish bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar instituti yuqori ko‘rsatkichlar bilan 1000+ natijani qayd etdi.

SamDCHTI sifatli taʼlim bo‘yicha 35,7 ball bilan 1000+ o‘rinda eʼtirof etilgani Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidanyoshlarni ilmu-maʼrifatli qilish, yangi O‘zbekistonga munosib yetuk kadrlarni tayyorlashda olib borilayotgan fidokorona mehnat samarasini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, “THE Impact Ranking – 2023” natijalarida institut kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 23,2 ball bilan 800+ o‘rinda va barqarorlik yo‘lida hamkorlik bo‘yicha 45,2 ball bilan 1000+ o‘rinni egallab turgani tahsinga loyiqdir.“THE” reytingining bu kabi yo‘nalishlaridan yuqori natijaga erishgan institut jamoasi yana-da yangi marralarni ko‘zlamoqda.

 

XALQARO REYTINGLARDA MUNOSIB QATNASHISH VA O'RIN OLISH BO'YICHA AMALIY ISHLAR

Xalqaro tan olingan reyting agentliklarining, xususan "Webometrics" reytingining talablariga muvofiq SamDCHTIning internet makonidagi o'rnini yaxshilash, Respublika va xalqaro OTMlar ichida institut saytini nufuzini oshirish hamda saytga tashrif buyuruvchilar sonini ko'paytirish maqsadida www.samdchti.uz (http://www.samdchti.uz/) veb-saytida Hemis-talaba va Hemis-o'qituvchi tugmalari qo'shildi.
Barcha talabalar va professor-o'qituvchilar HEMIS axborot tizimiga institut sayti orqali kirishi tavsiya etiladi.

 

XALQARO REYTINGLARDA MUNOSIB QATNASHISH VA O'RIN OLISH BO'YICHA AMALIY ISHLAR

Xalqaro tan olingan reytinglarning, xususan "THE Impact Ranking"ning talablariga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlarini Samarqand davlat chet tillar institutiga joriy etish maqsadida institut veb-saytida https://samdchti.uz/uz/site/activity/105# barqaror rivojlanish maqsadlari sahifasi ochildi va unda BRM 17 bo'yicha amaliy ishlar natijalari muntazam yangilanib boriladi.

 

FAKULTETLARNING XALQARO REYTINGDAGI ISHLARI: ISTIQBOLDAGI REJALAR VA AMALIY ISHLAR

Joriy yilning 13 yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I, Ingliz tili-II, Roman-german tillari, Sharq tillari, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetlarining maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va xalqaro reytingdagi ishlar rejasi yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda fakultetlarning joriy yilda reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Scopus” va "Web of Science" bazalaridagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, TOP-1000 talik oliy taʼlim muassasalarida maʼruzalar o‘qish, xorijiy mutaxassislarni institutga jalb qilish, xalqaro grantlarda professor-o‘qituvchilarning ishtirokini oshirish, akademik mobillik dasturi asosida xorijlik talabalarni jalb qilishni yana-da kengaytirish yuzasidan masalalar tahliliy ko‘rib chiqildi va tushuntirishlar berildi.
Trening so‘ngida dekan o‘rinbosarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

28 TA OTM WORLD UNIVERSITY RANKINGS – 2023 XALQARO REYTINGIDA “REPORTER” MAQOMIGA EGA BO‘LDI

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.
E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.
Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.