Rektor Ilhomjon To’xtasinov ilmiy tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi

Barchaga ma’lumki, bugungi kundan Yangi O‘zbekistonda barcha sohalar amalga oshirilayotgan islohatlar oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqdi, bu esa katta imkoniyatlar eshigini ochdi desak bo‘ladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli farmoniga asosan mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning uch yilga mo‘ljallangan ikki bosqichli tizimga o‘tishi joriy etildi.

Unga muvofiq, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali bo‘ladi: 

1. Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi Tayanch doktorantura;

2. Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimi.

Kimlarga ilmiy darajalar beriladi?

Tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan o‘rnatilgan talablar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga beriladi.

Fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi esa fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan va o‘rnatilgan talablar bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga beriladi.

Mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga ilova qilingan Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi asosan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №606-sonliqarori va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali muofiqlashtirilib turiladi.

Doktorantlar o‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab:

  • tayanch doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
  • doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi. Bir necha ta’lim muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Amaldagi barcha talablarni bajargan va dissertatsiyasini OAK talablariga muvofiq ravishda tayyorlagan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim talablarini bajargan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda davlat namunasidagi tegishli falsafa doktori(PhD) vafan doktori(DSc)diplomi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son farmoniga ko‘ra Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida:

Birgina misol qilib aytadigan bo‘lsak, davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratildi.

Bu borada bugungi kunda SamDCHTIda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirda institutda professor-o‘qituvchilar soni 534 nafarni tashkil etadi. Shundan 130 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy darajaga ega. Jumladan, 26 nafar fan doktori, 104 nafar fan nomzodi. Ilmiy salohiyat 24,4 % tashkil etadi.

So‘nggi 2 yilda 8 nafar fan doktori (DSc) va 52 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi. Samarqand davlat chet tillar institutida ilm-fan va innovatsiyalarni          2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ko‘ra 2026-yilgacha himoya ko‘rsatgichlarini yiliga 6 nafar fan doktori, 35 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja olishga erishish ko‘zda tutilgan.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotgan doktorantlarni o‘z vaqtida himoya qilishni 90 % ga erishish maqsad qilingan. Bugungi kunda bu ko‘rsatgich 50% dan oshirish rejalashtirilgan (7 nafardan 2 nafar tayanch doktorant muddatdan oldin himoya qilib diplom olgan yana 2 nafari Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminardan o‘tgan, 1 nafari hujjatlarini ilmiy seminarga topshirgan. Shuningdek 1 nafar 2-kurs tayanch doktorant hujjatlarini ilmiy seminarga topshirgan).

2026-yilgacha Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ulushida 39 yoshgacha bo‘lganlar sonini 50 % gacha oshirish (bugungi kunda 30%).

Institutda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maktablar mavjud.

Ushbu ilmiy maktablarda 10 ta ixtisoslik bo‘yicha 33 nafar doktorantlar (2 nafari muddatdan oldin himoya qildi) (3 nafari tug‘riq ta’tilda)

1 bosqichda 17 nafar (PhD),

2 bosqichda 5 nafar (PhD),

3 bosqichda 5 nafar (PhD) va

4 nafarmaqsadli tayanch doktorantlar tashkil qiladi.

Doktorantlar (DSc) soni:

1 bosqichda 1 nafar (DSc),

2 bosqichda 1 nafar (DSc),

3 bosqichda 1 nafar (DSc),

4 nafar stajyor-tadqiqotchiva 186 nafarmustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabulni 2026-yilgacha bosqichma bosqich oshirib 100 nafarga etkazish rejalashtirilgan.

Ixtisosliklar sonni va ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlarni ham sonni oshirish ko‘zlangan.

Institutda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ulanuvchilarni muntazam moddiy va ma’naviy rivojlantirilib kelinmoqda.

Institutda bugungi kunda 5 ta ilmiy jurnal faoliyat olib bormoqda, shundan 2 tasi OAK e’tirof etgan nashr hisoblanadi “Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim” va “So‘z san’ati” elektron ilmiy jurnali tashkil etilgan. Ushbu jurnal joriy yilda Sjifactor tomonidan Impakt faktor olishga erishildi.

Institutda PhD.29.12.2019.Fıl/Ped.83.01 raqamli ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu kengashda 3 ta ixtisoslik bo‘yicha.

Bugungi kunda institutda ilmiy tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizimi mavjud.

Institutda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilarga ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi diplomni olgandan keyin ularga zamonaviy noutbuk, ilmiy rahbarlariga bir martalik moddiy rag‘bat berilib kelinmoqda. Bugungi kungacha 50 yaqin tadqiqotchi zamonaviy noutbuk taqdirlandi

Shuning bilan birga ilmiy unvon olgan xodimlarga ham so‘ngi rusumdagi mobil telefon bilan rag‘batlantirilib kelinmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-06-08 20:38:20 219