2022-yilning sentabr oyida Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammiti bo’lib o’tishidan xabaringiz bor. Hozirda ko’plab mas’ul tashkilotlar va davlat idoralari Sammitni yuqori saviyada o’tishi uchun tayyorgarliklar ko’rishmoqda. Jumladan, bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tizimli ishlar qilinmoqda.
Bugun, 5-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida saralab olingan tarjimon-volontyorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori Ilhomjon To’xtasinov so’zga chiqib, tarjimonlik kasbining mohiyati to’g’risida so’z yuritdi.
– Tarjimon kasbi juda murakkab, odam juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishi kerak, chunki har xil tillarni biladigan suhbatdoshlarni tushunish unga bog'liqdir. Ma'lumotni tarjima qilishda nafaqat nutqning xususiyatlarini, balki psixolog, odamlarni va ularning xulq-atvorini tushunadigan odam bo'lish kerak – deydi Ilhomjon To’xtasinov.
Jarayon davomida barcha tarjimon-volontyorlar uchun maxsus o’quv seminari tashkil etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
