Nuroniylar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, unda barcha uchun yangi marralar belgilab olindi, Yangi Oʻzbekiston uchun yangi tashabbuslar, gʻoyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimizni taraqqiyotning yanada baland choʻqqilariga olib chiqishga xizmat qiladi. Ma'lumot uchun Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti rektori Y.Abdullayev hamda Samarqand iqtsodiyot va servis instituti professori E.Xodjayevlar mehmon sifatida taklif etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
