Ona tabiat va oliy ta'lim muassasasiga g'amxo'rlik!

Samarqand davlat chet tillar institutida talaba yoshlarning eko madaniyatini oshirish maqsadida ECOEDUCATION erkin volontyorlik harakati tashkil etilgan bo'lib, ushbu harakatning asoschisi institut o’qituvchisi Adash Rustamova va harakatning faol a'zolari talabalar tomonidan ochiq osmon ostida, noan'anaviy tadbir tashkil etildi!

Tadbirda talabalar tabiat, uni asrash, turli global muammolar xususida o'zlarining chiqishlari hamda kuy-qo'shiqlari bilan barchani mamnun qilishdi. Tadbir so'ngida rahbariyat vakillari so'zga chiqishdi va harakatning faol ishtirokchilari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-09 21:33:16 166