Sportchi talabalarimiz g'alaba qozonishdi

“Aprel-may – sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida sportning badminton, basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, kurash, stol tennisi, futbol, shaxmat, regbi-7, suv polosi hamda chim ustida xokkey turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. 

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ham faol ishtirok etishmoqda. Sportning kurash va yengil atletika turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda oliygohning 9 nafar talabasi hududiy bosqichlarda faxrli ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Institut rektori Bahodir Xoliqov zafar quchgan mazkur talabalar bilan bo‘lgan uchrashuvda bu muvaffaqiyatni e’tirof etdi va sportchi talabalarning keyingi faoliyatlariga omad tiladi.

Share:
2026-05-05 18:35:39 5