Talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarida institutimiz sport jamoalari turli sport turlari bo‘yicha faol ishtirok etib kelishmoqda.
Sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi hududiy bosqichda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Jamoa a’zolari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A. Islomov tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.




Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
