Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktori Kim Chilmonik tashrif buyurdi.
Mehmon institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J. Nasrullayev bilan uchrashdi. Muloqot davomida SamDCHTIda faoliyat olib borayotgan AQShlik mutaxassis Jennifer Musserning faoliyati, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Kim Chilmonik institut professor-o‘qituvchilari bilan ham uchrashib, ingliz tilini o‘qitish metodikasi, xalqaro tajriba almashinuvi va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv nihoyasida AQSh elchixonasi vakili SamDCHTI bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. U kelgusida ham ta’lim sifati, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.






Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
