Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

“O‘zbekiston – Xitoy ta’lim forumi doirasida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)” asosida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Jilin xorijiy tillar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida Jilin xorijiy tillar universitetidan tashrif buyurgan 3 nafar magistrant – Wang Peihuan, Zong Huixin hamda Gu Xinlu 3 oy davomida institutning “Xitoy filologiyasi” kafedrasida faoliyat olib bordi. Ular Xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga bir qator mutaxassislik fanlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tishdi. Xususan, og‘zaki nutq amaliyoti, tinglab tushunish va gapirish amaliyoti, o‘qish va yozish amaliyoti samarali yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur darslar talabalarning xitoy tilidagi og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, tilni tabiiy muhitga yaqin shaklda o‘rganish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida bilim va tajribalarini mustahkamlashda muhim аҳamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlar davomida talaba yoshlar va xitoylik magistrantlar o‘rtasida o‘zaro erkin fikr bildirish, madaniy muloqot va akademik tajriba almashinuvi muhiti shakllandi.

Bundan tashqari, xitoylik magistrantlar tomonidan talabalarga Xitoy xalqining boy madaniyati, milliy urf-odat va an’analari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kundalik muloqotda qo‘llaniladigan zamonaviy iboralar, til muhitiga mos amaliy tavsiyalar hamda interaktiv usullar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

 Kelgusida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Jilin xorijiy tillar universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va amaliy hamkorlik yo‘nalishlarida yanada keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-26 15:20:11 30