Bir ixtiro tarixi
SAMARQAND DAVLAT ÇET TILLAR INSTITUTI DOTSENTI, FILOLOGIYA FANLARI BO‘YIÇA FALSAFA DOKTORI (PhD), ASLANOVA HAFIZA ABDURAXIMOVNA HAQIDA MA’LUMOT
Aslanova Hafiza Abduraximovna 1985-yil 29-sentabrda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida tuğilgan.
U 2003–2007-yillarda Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetida bakalavriat, 2007–2009-yillarda esa mazkur universitet magistraturasida tahsil olgan. 2017–2020-yillarda Samarqand davlat universiteti doktoranturasida ilmiy izlaniş olib borgan.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda Samarqand davlat çet tillar instituti akademik litseyida öqituvçi sifatida boşlagan. 2009–2017-yillarda mazkur ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borgan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat çet tillar institutida işlab kelmoqda.
2020-yilda “Gadoiy şe’riyatida badiiy mahorat va uslub masalalarining tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
H. Aslanova 2017-yildan buyon talabalarga “Adabiyotşunoslik”, “Adabiyot nazariyasi”, “Özbek adabiyoti”, “Özbek va jahon adabiyoti” kabi fanlardan dars berib kelmoqda. U talabalarga adabiyotşunoslik fanining nazariy asoslari, badiiy adabiyotning öziga xos qonuniyatlari, söz san’atining estetik va ma’naviy xususiyatlari böyiça bilim berişga alohida e’tibor qaratadi.
Pedagogik faoliyatida ilğor pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş hamda yangi avlod öquv adabiyotlarini yaratiş muhim örin tutadi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun “Adabiyotşunoslik”, “Özbek adabiyoti antologiyasi”, “XV asr birinçi yarmidagi özbek şe’riyatining poetik xususiyatlari” kabi uslubiy qöllanmalar hamda “Özbek adabiyoti” öquv qöllanmasining muallifidir. Şuningdek, olima tomonidan 4 ta monografiya naşr ettirilgan.
H. Aslanovaning ilmiy izlanişlari, asosan, özbek mumtoz adabiyoti, adabiy meros, badiiy poetika, tasavvuf adabiyoti hamda mumtoz şe’riyatning janriy xususiyatlarini örganişga yönaltirilgan.
Jumladan, uning Mavlono Gadoiy ijodiga bağişlangan tadqiqotlarida şoir şe’riyatining badiiy-estetik xususiyatlari, poetik mahorati, ğazallarida aks etgan tasavvufiy-ma’rifiy qaraşlar hamda badiiy tasvir vositalaridan foydalaniş tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Şuningdek, Farididdin Attor ijodi va tasavvufiy qaraşlarning badiiy adabiyotdagi ifodasi yuzasidan ham ilmiy izlanişlar olib borgan.
Olimaning ilmiy faoliyatida xalq oğzaki ijodi va mumtoz adabiyotdagi kiçik epik janrlarni örganiş ham alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ilmiy maqolalarida hikoya, hikoyat va rivoyatlarning öziga xos janriy, mavzuviy hamda ğoyaviy xususiyatlari yoritilgan. Gadoiyning na’t ğazallari böyiça olib borgan tadqiqotlari esa mumtoz şe’riyatning mazmuniy va badiiy qatlamlarini çuqur anglaşga xizmat qiladi.
H. Aslanova talabalarga özbek adabiyotining boy tarixiy va ma’naviy merosini örgatiş, mumtoz adabiy manbalarni tahlil qiliş, badiiy tafakkur va mustaqil ilmiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi. Şuningdek, ilmiy-ma’rifiy tadbirlarda faol iştirok etib, buyuk ajdodlarimiz, xususan, Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosini keng tarğib etişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Olima yuzdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bölib, uning maqolalari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar, töplamlar hamda ilmiy-amaliy anjuman materiallarida naşr etilgan. Şuningdek, bir neça yillardan buyon bitiruv malakaviy işlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda, ilmiy seminar muhokamalarida taqrizçi sifatida iştirok etmoqda.
Uning ilmiy-pedagogik faoliyati ta’lim sifatini oşiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş, talabalarda mustaqil fikrlaş va ilmiy tahlil könikmalarini şakllantiriş, şuningdek, özbek mumtoz adabiyotining badiiy-estetik hamda ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini ilmiy asosda yoritişga qaratilgan.
Uning ilmiy izlanişlari va samarali pedagogik faoliyati özbek adabiyotşunosligi rivoji, milliy adabiy merosni çuqur örganiş hamda uni kelajak avlodga yetkazişga munosib hissa qöşib kelmoqda.




SAMARQAND DAVLAT ÇET TILLARI INSTITUTIDA MAMLAKATIMIZ ILM-FANI RIVOJIGA MUNOSIB HISSA QÖŞGAN OLIMA NASRULLAYEVA NAFISA ZAFAROVNA HAQIDA MA’LUMOT
Nasrullayeva Nafisa Zafarovna mehnat faoliyatini 2004-yilda Samarqand davlat çet tillari institutida ingliz tili öqituvçisi sifatida boşlagan.
Nafisa Nasrullayeva 160 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tadqiqot işlari, jumladan, “Çet tili öqitiş metodikasi” fani böyiça ma’ruzalar matni (2010-yil), stilistika faniga oid “Stylistic Approach in Text Analysis” nomli öquv-uslubiy qöllanma (2011-yil), “Methodics of Teaching Foreign Languages” nomli öquv-uslubiy qöllanma (2012-yil), “English for Different Purposes” nomli öquv-uslubiy qöllanma (2013-yil) muallifidir. Şuningdek, “English for Specific Purposes” nomli elektron darslikni (2019-yil) yaratgan.
Bundan taşqari, olima 3 ta monografiya: “Гендер в английской фразеологии” (2016-yil), “Основы гендерной фразеологии” (2017-yil), “Гендерные концепты в английской и узбекской фразеологии” (2018-yil) hamda “Ingliz-rus-özbek gender belgili frazeologik birliklar luğati” (2018-yil) nomli luğat muallifidir. Şuningdek, “English for ESP Learners” (2021-yil) va “The Main Problems of English Phraseology” (2024-yil) nomli 2 ta öquv qöllanmasini yaratgan.
Nafisa Nasrullayevaning ilmiy maqolalari Scopus, Web of Science, Google Scholar, Index Copernicus, Global Impact Factor, ResearchBib kabi xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan jurnallarda e’lon qilingan. “Ingliz-rus-o‘zbek gender belgili frazeologik lug‘ati” uçun (Toshkent: “Navro‘z”, 2018. – 112 b.) 2018-yil 6-aprelda 3244-raqamli patent olgan.
N. Nasrullayeva 2009-yilda 10.00.04 – German tillari ixtisosligi böyiça nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2018-yilda “Ingliz va özbek tillarida olamning frazeologik manzarasida gender konseptlarining şakllanişi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bölgan. 2019-yilda dotsent, 2021-yilda esa professor ilmiy unvonlari berilgan.
Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 50 dan ortiq PhD va DSc dissertatsiyalariga rasmiy opponent sifatida iştirok etgan. Uning ilmiy rahbarligida 18 nafar izlanuvçi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bölgan. Ayni paytda önga yaqin şogirdlari uning ilmiy rahbarligi ostida filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) va filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini oliş uçun ilmiy izlanişlar olib bormoqdalar.
Uning ilmiy rahbarligida tayyorlangan dissertatsiyalarda kognitiv tilşunoslik, lingvomadaniyatşunoslik, pragmatika, semantika, frazeologiya, qiyosiy adabiyotşunoslik, çoğiştirma tilşunoslik va tarjimaşunoslik muammolari, dunyoning lisoniy manzarasining asosiy lingvomadaniy konsepsiyalari (özbek, rus va ingliz tillari misolida), antroposentrizm paradigmasi hamda badiiy matn pragmatikasi bilan boğliq masalalar atrofliça örganilgan va tahlil qilingan.
N. Nasrullayeva öz faoliyati davomida institutda yangi innovatsion-pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etiş bilan bir qatorda, muntazam ravişda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida malakasini oşirib kelmoqda.
Şuningdek, olima AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Polşa, Avstriya, Pokiston, Hindiston va Rossiyaning nufuzli ilmiy jurnallarida maqolalarini çop ettirgan hamda qator xalqaro konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalari bilan iştirok etgan. 2023-yil 17–21-iyul kunlari Erasmus+ dasturi doirasida Turkiyaning TOP-1000 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvçi Hacettepe University universitetida ilmiy ma’ruzalari bilan qatnaşgan.




TARIXIY HAQIQAT: BAHODIR YALANGTO‘SH OLCHIN NOMI TIKLANDI
“Tarix maydoni” ko‘rsatuvi buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Bahodir Yalangto‘sh shaxsiyatiga bag‘ishlandi
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
