Koreyalik talabalar Samarqand davlat chet tillar instituti mehmoni bo'lishdi

Samarqand davlat chet tillar institutida Koreya Respublikasining Pusan shahridagi Pukyong (PKNU) universitetining bir guruh talabalari mehmon bo‘lishdi.

Sharq tillari fakultetida koreyalik talabalar bilan Samarqand davlat chet tillar instituti Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili ta’lim yo‘nalishi talabalari birgalikda madaniyatlar almashinuvi tadbiri hamda seminarlar tashkil qilishdi. 

Tadbirlar va seminarlarda faol ishtirok etgan talabalar Pukyong universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar institutining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-02-19 17:36:48 82