Tyutorlik lavozimiga nomzodlarni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandida belgilangan malaka talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur bandga muvofiq, tyutorlarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi), qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti hamda amaliyotini chuqur bilish, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish, namunaviy shaxsiy fazilatlar — madaniyatlilik, mas’uliyatlilik, kirishuvchanlik, vatanparvarlik va tashabbuskorlikka ega bo‘lish, shuningdek mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi.
Ushbu bandga muvofiq, nomzodlarning oliy ma’lumotga egaligi, pedagogik-psixologik bilim va tajribasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi salohiyati, shaxsiy va kasbiy fazilatlari hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari inobatga olinadi.
Tanlov natijalari va nomzodlarni saralash mezonlariga oid ma’lumotlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
