Italiya Vazirlar Kengashi raisi J. Melonining mamlakatimizga tashrifi doirasida 2025-yil 25-aprel kuni Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston va Italiya oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif munosabati bilan yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Italiyaning Perudjiya xorijliklar universiteti rektori, professor Valerio De Cesaris (Valerio De Chezaris), rektorning ta'lim masalalari bo‘yicha vakili, professor Stefania Scaglione (Stefania Skalyone) hamda Perudjiya universiteti rektorining tinchlik siyosati va bitiruvchilar ishlari bo‘yicha vakili, professor Angela Sagnella (Anjelina Sanyella) xonimlardan iborat delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.
Professor Valerio De Cesaris (Valerio De Chezaris) janoblari boshchiligidagi delegatsiya va SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2024-yilda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Perudjiya xorijliklar universiteti o'rtasda hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunda professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari amalga oshirib kelinmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, Erasmus+ dasturlarida birgalikda ishtirok etish, shuningdek, nafaqat oliy ta'lim tizimida balki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida ham italiyan tilini o'qitishni keng yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlik ishlarini olib borishga kelishildi.







Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
