Kafedraning hamkorlik aloqalari
SamDCHTI “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o’z faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda
- SamDU “Milliy g’oya va falsafa” kafedrasi o’rtasida hamkorlik aloqalari tashkil etilgan bo’lib, hamkorlikda bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy hamda magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish va taqrizlar yozish kabi ilmiy ijodiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan
- Toshkent agrar universiteti Samarqand filiali va kafedra o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishni tashkil etish maqsadida hamkorlik yo’lga qo’yilgan
- Samarqand tibbiyot universiteti “Ijtimoiy va gumonitar fanlar” kafedrasi bilan ilmiy ijodiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan
- Samarqand viternariya instituti “Gumanitar fanlar jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bugungi kunda yurtimizda demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat barpo etish, jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, talabalarning internet, axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida hamkorlik tashkil etilgan.
- Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda professor o’qituvchilari reja asosida muntazam ochiq darslar, semenarlar, tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.
- Samarqand davlat iqtisodiyot va servis istituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini yoritib berishga qaratilgan ma’naviy-marifiy tadbirlar o’tkazish, o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida hamkorlik tashkil etilgan.
- Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi va kafedra o’rtasida 2022-2026 yillarga mo’ljallangan hamkorlik aloqalari tashkil etilgan.
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi bilan hamkorlikda professor o’qituvchilari reja asosida muntazam ochiq darslar, semenarlar, tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.
- Turizim va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti Samarqand filialining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot, jismoniy tarbiya va sport sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, mamlakatimiz sportchilarining yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish, ularni qo’llab quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda.
- Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida Tojikiston Milliy Unversiteti “Falsafa” fakultetining 30 yillik yubeliyiga bag‘ishlangan “Hozirgi vaqtda ijtimoiy fanlarning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada falsafa fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan masalalarda chiqishlar qilishdi hamda fikr-mulohazalar almashishdi. Konferensiya, millatlararo hamkorlik ruhida tashkil etildi.

English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
