“Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida “Eng faol iştirokçi” nominatsiyasi böyiça tanlov e’lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida har yili milliy tanlov ötkaziladi. Tanlovning “Eng faol iştirokçi” nominatsiyasi böyiça eng yuqori natija körsatgan 250 nafar talaba qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.
Iştirok etiş tartibi:
aileaders.uz platformasida şaxsan röyxatdan ötiş.
Platformadagi Courseraning 5 ta bepul onlayn kursini tamomlaş.
Quyidagi yönalişlar böyiça ball töplaş (jami 100 ballgaça):
xorijiy til sertifikati (B2 va undan yuqori), 30 ballgaça;
axborot texnologiyalari sohasida işga joylaşiş, 30 ballgaça;
xalqaro olimpiada va tanlovlardagi iştirok va yutuqlar (ICPC, President Teç Award, AI Xakaton, AI Award, Zulfiya mukofoti), 40 ballgaça.
Sovğalar: 100 ta noutbuk, 30 ta planşet, 30 ta aqlli soat, 60 ta platforma litsenziyasi va 30 ta kitob vauçeri. Sovğalar töplangan ballar asosida taqsimlanadi.
Natijalar har bir kalendar yil böyiça hisoblanib, ğoliblar keyingi yilning I çoragida e’lon qilinadi.
Röyxatdan ruxsatsiz ötiş, sertifikatlarni boşqa şaxs nomiga rasmiylaştiriş yoki hujjatlarni soxtalaştiriş natijalarning bekor qilinişiga sabab böladi.
Batafsil ma’lumot va röyxatdan ötiş uçun rasmiy platforma: aileaders.uz

Share:
2026-10-27 15:56:55 54