Kafedraning hamkorlik aloqalari
Kafedraning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari:
DAAD lektori Anton Umbax, Duesseldorflik PHD doktori Manfred Frühauf hozirda kafedrada faoliyat olib borishmoqda. Shuningdek, kafedra quyidagi oily o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatgan:
- Heidelberg pedagogika universiteti, professor Huneke
- Germaniyaning Frayburg universiteti prof. Aichim Auerenhammer
- Humboldt universiteti professorlari, turkolog olim Ingrid Balldauf, Ayfer Durdu
- Mainz universiteti professori Marion Grain
- Belarus’ davlar universiteti (Minsk) dotsenti Bolsunova Elena
- Brest davlat universiteti (Belarus’) dotsenti Finchuk Lyudmila
- Germaniyaning Bochum universiteti , professor K.Washik
- Vologda davlat universiteti, professor S.M.Kibardina
- Sankt-Peterburg universiteti, professor L.Kopchuk
Respublika OTM:
- Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlari xorijiy tillar kafedralari bilan
- O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti
- Andijon davlat universiteti
- Namangan davlat universiteti
- Urganch davlat universiteti
- Buxoro davlat universiteti
- Nukus davlat universiteti
Kafedrada litsey va o’rta maktablar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:
SamDChTI qoshidagi 1-sonli akademik litsey bilan ishlash bo`yicha nemis tili va adabiyoti kafedrasining faoliyati faol yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari mazkur akademik litseyda ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Bu litsey bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilgan, litsey o'quvchilarini xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari o’z yordamini berib kelishmoqda.
Kafedraga biriktirilgan maktablarda o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, nemis tili o'qituvchilariga moddiy va ma’naviy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berish yo’lga qo’yilgan.
Kafedraga biriktirilgan maktablar bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, o'qituvchilar tarkibi muntazam tahlil qilib boriladi.
Maktab o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan maktablarda uchrashuvlar tashkil etilib, yillik ish rejasi kelishib olinadi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
