Kafedraning hamkorlik aloqalari
Yaqin sharq tillari kafedrasi SamDChTI qoshidagi akademik litsey hamda Imom al Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’ygan.
Xalqaro hamkorlik SamDChTI qoshidagi Konfusiy instituti va Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan muntazam ravishda olib borilmoqda. Hamkorlik ishlari doirasida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya, ochiq darslar, seminar-treninglar, ko‘rik tanlovlar va davra suxbatlari, hamda talabalarning malakaviy amaliyotlarini o’tash tashkil qilinib kelinmoqda.
Yaqin sharq tillari kafedrasi professor-o’qituvchilari O’zMU, O’zDJTU, ToshDShU, Nizomiy nomidagi TDPUda shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Agrar Universiteti va Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlarda o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan qatnashib kelmoqda.
O’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalari bilan ishlash bo`yicha yaqin sharq tillari kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Yaqin sharq tillari kafedrasining professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan Pastdargom tumani Paxtakor MFYdagi 104-o’rta ta’lim maktabi bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMga jalb qilish hamda bitiruvchilarning o’qishga kirish ko’rsatgichini ko’tarish va o’qituvchilarga amaliy yordam berish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan.
Akademik litsey va maktab o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinmoqda hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey o'quvchilariga, shuningdek maktab o`quvchilariga ham tushuntirish ishlari olib borilayapti.



English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
