Kafedraning hamkorlik aloqalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni va PQ-4884 “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori asosida Samarqand viloyatinining Narpay tumanidagi 16-19-26-31-41-53-56-umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yildi. Hamkorlik doirasida maktab o’qituvchilarining malakasini oshirish, o’quvchilarni chet tillarni o’rganishga qiziqtirish, ularning oliy ta’limga qamrovini oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqishda maktablar bilan hamkorlik qilish, institut talabalarining maktablarda amaliyotini yo’lga qo’yish kabi bir qator o‘zaro hamkorlik faoliyat sohalari nazarda tutilgan.
Ta'limning izchilligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadida kafedra Narpay Xizmat ko'rsatish texnikumi bilan o'quv-uslubiy hamkorlik to'g'risida shartnomalar tuzib, bitiruvchilarni universitetlarga jalb qilish va ularnining bandligini ta'minlash maqsadida korxonalar va ish beruvchi tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
