Kafedraning hamkorlik aloqalari
Samarqand davlat chet tillar instituti “Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri D.M.Begmatova hamda kafedra professori F.B.Narzikulova Malaysiyaning Kuala Lumpur shahridagi Sultan Idris universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
Kurslar davomida o’qituvchilar nafaqat nazariy bilimlarni egallashmoqda, balki amaliy mashg’ulotlar orqali o’z tajribalarini boyitmoqdalar. O’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Jomboy tumani 41-maktabida “O’quvchilarni kasbga yo’naltirish'' mavzusida o‘tkazilgan tadbirda dotsent R.M.Djo’rayev, dotsent v.v.b N.X.Shukurova, assistent-o'qituvchi N.U. Jamalova va mazkur maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari faol ishtirok etib, tadbir davomida o‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash hamda kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida mazmunli suhbat va psixologik treninglar tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi hamda Jomboy tumani 41-son umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida maktab o‘qituvchilari uchun psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Treningda professor S.T.Yuldasheva va katta o‘qituvchi M.H.Nurmatova tomonidan “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida trening mashg‘ulotlarini tashkil etish”, dotsentlar Sh.A.Mardiyeva va O.I.Yadgarova tomonidan esa “O‘qituvchining kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan stress holatini bartaraf etish usullari” mavzularida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilarga stress holatlarini boshqarish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

02.09.2026 sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari Shoniyazova I.M. Safarova M.I. Jumayev A. hamda Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi Daminov J.X, Jomboy tumani 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari ishtirokida “Mustaqillik bergan imkoniyatlar: Maktab partasidan oliygoh sarhadlarigacha” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarning ta’lim olishi, oliy ta’limga intilishi, kelajakdagi maqsadlari hamda mustaqillik yillarida yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari Jomboy tumanidagi 41-maktabda ma'naviy-ma'rifiy hamda sport ishlar doirasida hamkorlik qilib kelishmoqda
2025-yil sentyabr oyidan boshlab SamDChTI Ingliz tili fakulteti Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi professor o’qituvchilari Jomboy tumanidagi 41-maktabda targibot va tashviqot ishlarini tashkil etishdi. Ushbu hamkorlik ishlari doirasida ta’lim muassasalarida o'quvchi-yoshlari bilan san’at, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, ma'rifat kabi yuksak tuyg’ularga ham alohida ahamiyat bergan holda tadbirlar tashkil etishdi.
Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri D.Begmatova va kafedra professor- o'qituvchilari - F. Narzikulova, S.Djulmatova va A.Jumayevlar amaliy yordam berish maqsadida Jomboy tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta'lim maktabi pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.
Har ikki tomon joriy o‘quv yilida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida maslahatlashib olishdi. Uchrashuv jarayonida maktab jamoasi bilan hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishida samaradorlikka erishish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni kelishib olindi.

.
Samarqand davlat chet tillar instituti, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi bilan Jomboy tumani 41-umumta'lim maktabi hamkorlikni davom ettirish maqsadida, maktabning
10 va 11-sinf bitiruvchi o'quvchilari va maktab psixologi birgalikda, institutga tashrif buyurishdilar.
Maktab o'quvchilariga institutimizda o'quv faoliyat jarayonini olib borish uchun yaratilgan shart - sharoitlar, o'quv binolari, dars mashg'ulotlari, institutda mavjud fakultetlarni kafedra o'qituvchilari tomonidan tanishtirildi. Kafedra mudiri D.Begmatova tomonidan maktab o'qituvchilariga kasbga yo'naltirilgan darslik va o'quv qo'llanmalari sovg'a sifatida berildi.
Kafedra prof. S.Yuldasheva, dotsent Sh.Mardiyeva, dotsent
O.Yadgarovalar tomonidan bitiruvchi o'quvchilarni kasbga to'g'ri yo'naltirish maqsadida, "Maqsad quyish va kasbga to'g'ri yo'naltirish" nomli psixologik trening tashkil etildi.O'quvchilarni ijoyib ta'surotlar bilan kuzatib quyishdilar.


Kafedra professor-o’qituvchilari Pastdarg’om tumanidagi 122-maktab, Nurobod tumanidagi mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy hamda sport ishlar doirasida hamkorlik qilib kelishmoqda
2024-yil sentyabr oyidan boshlab SamDChTI Ingliz tili l fakulteti Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi professor o’qituvchilari Pastdarg’om tumanidagi 122-maktabda, hamda Nurobod tumani mahallalarida targibot va tashviqot ishlarini tashkil etishdi. Ushbu hamkorlik ishlari doirasida ta’lim muassasalarida o'quvchi-yoshlari bilan san’at, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, ma'rifat kabi yuksak tuyg’ularga ham alohida ahamiyat bergan holda tadbirlar tashkil etishdi.
Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri D.Begmatova va kafedra professor- o'qituvchilari - J.Samadov, A.Jumayevlar amaliy yordam berish maqsadida Past Darg'om tumanidagi 122-umumiy o‘rta ta'lim maktabi pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.
Har ikki tomon joriy o‘quv yilida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida maslahatlashib olishdi. Uchrashuv jarayonida maktab jamoasi bilan hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishida samaradorlikka erishish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni kelishib olindi.


SOS mahalla uyi "Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Samarqand SOS mahalla uyi ma'muriyati taklifiga binoan tashkilot ishchi-xodimlari uchun "Ishchi xodimlarda hissiy toliqish va uni bartaraf etish yo’llari" mavzusida psixologik trening o’tkazildi. Treningda xodimlarning ish faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hissiy yonish bosqichlari va uni bartaraf etish yo’llari korib chiqildi.

Bulung'ur tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Mamadiyorova va kafedra professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan tumanning iqtidorli yosh qizlari uchun "Qizlar akademiyasi"ning "Ilmli qizlar millatning nuri" nomli seminar-treningi bo'lib o'tdi. Semenarda qizlarni ilmga yo'naltirish, ularning iqtidorlarini namoyon qilish va kasb tanlash borasida muhim tavsiyalar berildi. Seminarda kafedra o'qituvchilari o'z qo'llanmalaridan o'quvchi qizlarga taqdim etdi.


Kafedra mudiri D.Begmatova va kafedra professor-o'qituvchilari tashabbusi hamda Samarqand shahar "Intellekt" Nodavlat Ta’lim Muassasasi jamoasi bilan hamkorlikda 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi barilgan kun"ning 35 yilligi munosabati bilan "Tilimizni ulug'laymiz" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi va ushbu tadbirni kafedra dotsenti O.I.Yadgarova olib bordi.


SPORT SOHASIDAGI ISHLAR


English
Русский
Francais
Deutsch
Spain

