Ilmiy uslubiy faoliyat
Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yoʼnalish(lar)i: “Matn lingvistikasi va chet tili oʼqitish metodikasi” deb nomlanib, kafedra jamoasi ushbu mavzuga doir muammolar ustida ish olib bormoqda. Kafedraning ustuvor ilmiy yoʼnalishi doirasida hozirgi kunda kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda hamda koʼplab magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlari himoya qilinmoqda.
Kafedraning 2020-2021 yillarga moʼljallangan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish boʼyicha strategik rejasi ishlab chiqilgan. Bunga koʼra quyidagilarga alohida eʼtibor qartilgan:
• Kafedra ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida kafedraning mustaqil izlanuvchi va iqtidorli yosh oʼqituvchilarini doktoranturaga jalb qilish,
• Kafedra oʼqituvchilarining tanlagan oʼz ilmiy yoʼnalishlari boʼyicha fakulьtet ilmiy jamiyatidagi faoliyatini toʼgʼri tashkil etish,
• Kafedraning “Matn lingvistikasi va chet tili oʼqitish metodikasi” nomli ilmiy yoʼnalishi boʼyicha ilmiy maqolalar va ilmiy nazariyalar bazasini shakllantirib borish,
• Hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb masalalari hamda kafedra ilmiy yoʼnalishi boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy manbalarda nashr qildirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Kafedrada ilmiy tadqiqot va ilmiy-uslubiy seminar rejasi mavjud.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha yillik reja tuzilgan va 2025-2026 oʼquv yili davomida reja asosida ishlar olib borilyapti. Shu jumladan, iqtidorli talabalarning roʼyxati shakllantirildi va kafedradagi professor oʼkituvchilarga biriktirildi. Xar bir iqtidorli talaba oʼzini qiziqtirgan mavzusini tanlab masʼullarga roʼyxatini berdi va shu mavzu ustida yil davomida biriktirilgan professor oʼqituvchilar raxbarligida ishlashadi.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-oʼqituvchilarning ilmiy salohiyati.
Kafedra jamosi 13 shtat birligi asosida ishlaydigan 13 nafar professor-oʼqituvchini oʼz ichiga oladi. Shundan 1 ta professor, 3 ta доцент, 6 ta katta oʼqituvchi, 2 ta assistent-oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 35 %.
Kafedrada :
• fan doktorlari soni - 1 nafar;
• fan nomzodlari soni - 3 nafar;
• professorlar soni - 1 nafar;
• dotsentlar soni – 3 nafar;
• ilmiy salohiyat - 35 % ;
• professor-oʼqituvchilarning oʼrtacha yoshi - 40 yosh ;
Kafedraning ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼyicha istiqbolli rejasining bajarilishi. Kafedrada ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼyicha istiqbolli reja mavjud boʼlib, unda 2026 yilda 1 nafar yosh pedagog kadrni stajyor tadqiqotchilikka jalb qilish va 2027 yilda 1ta fan nomzodi himoyasi koʼzda tutilgan. Shuningdek, institutimizda tahsil olgan eng iqtidorli magistrlarni kafedraning ilmiy pedagog kadrlar zahirasi sifatida tayyorlagan holda shakllantirib borish kuzda tutilgan.
Ilmiy ishlar bilan muntazam ravishda shugʼullanadigan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan professor-oʼqituvchilar tahlili.
Kafedraning ustuvor ilmiy yoʼnalishi doirasida hozirgi kunda kafedra professor-oʼqituvchilari muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib boryapti. Jumladan, katta oʼqituvchi N.H.Tursunova “Alber Kamyu prozasining poetik xususiyatlari”, mavzusida ilmiy izlanish olib boryapti.
Kafedrada chop etilgan ilmiy ishlar natijasi:
- 2 ta darslik
- 1 ta elektron o’quv uslubiy qo’llanma
- 2 ta monografiya
- 1 ta uslubiy qoʼllanma
- 3 ta Scopus ba`zasida
- 15 ta ilmiy maqola (Respublika OAK )
- 25 ta ilmiy maqola (Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda)
- 13 ta ilmiy maqola (Xorijiy ilmiy jurnallarda )
- 13 ta ilmiy maqola va tezislar (Respublika ilmiy anjuman materiallarida)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
