Ilmiy uslubiy faoliyat
Nemis tili va adabiyoti kafedrasida ko'plab magistr va doktorantlar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedraning umumiy ilmiy yo'nalishi "Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari", “Nemis tilini o’qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish” mavzulari hisoblanadi. 2021-2022 o’quv yilida kafedrada ikkita monografiya, impofaktori yuqori bo’lgan jurnallarda o’nta ilmiy ma’qola chop etildi. Shuningdek kafedra doirasida “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajriba, istiqbolli izlanishlar va tillarni o’qitishning innovatsion usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazib kelinmoqda. Ilmiy-uslubiy ishlar sohasida xorijlik hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda. Jumladan 2020-2021 o’quv yilida kafedra professorlari B.X.Rizayev va M.B.Begmatov Boxum va Vologda universiteti professorlari bilan ilmiy a’loqalar o’rnatishdilar. 2021-2022 o’quv yilda kafedra o’qituvchilaridan M. Galiulov va D. Jumaniyozovlar Sankt-Peterburg universitetida ilmiy anjumanda ishtirok etishdilar.
Kafedra ilmiy salohiyotini oshirishda prof. B.H.Rizayev, prof.v.b. M.B.Begmatov kabi olimlarning hissasi kattadir. Ularning ko`pchilik shogirdlari turli oliy o`quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Ilmiy-uslubiy ishlar yuzasidan kafedrada quyidagi vazifalar amalga oshirilmoqda:
Kafedra professor-dotsentlari yosh o’qituvchilar va tadqiqotchilar uchun har oyda bir marta ilmiy semenarlar tashkil qilmoda;
Kafedra qoshida "Lingvist", “DLL-Akademie”, “Wort und Ort” ilmiy to'garaklari tashkil etilgan.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
