Ilmiy uslubiy faoliyat
1-aprel kuni o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘yicha HISOBOTSAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA ISPANIYANING “KONTRAPUNTO” XOR JAMOASI KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 1-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Ispaniyaning Salamanka universiteti Ta’lim fakulteti huzuridagi “Kontrapunto” xor jamoasi tomonidan “Bizning tuprog‘imiz musiqasi” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar. Konsertning ochilish marosimida institut rektori B. Xoliqov so‘zga chiqib, mehmonlarni samimiy qutladi va bunday madaniy tadbirlar yoshlarning ma’naviy kamoloti hamda turli xalqlar madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shuningdek, “Kontrapunto” xor jamoasi direktori Mariya Kristina Iglesias Samarqandda konsert dasturi bilan ishtirok etish ular uchun katta sharaf ekanligini bildirib, ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etdi.
Konsert davomida xor jamoasi tomonidan turli xalqlarning milliy va zamonaviy musiqiy asarlari yuqori mahorat bilan ijro etildi. Musiqiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, do‘stlik, tinchlik va madaniyatlararo hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib qildi.
Mazkur tadbir talabalarning san’at va xorijiy tillarga, xususan ispan tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda institutning xalqaro hamkorlik salohiyatini kengaytirishga xizmat qildi.

Roman-german tillari fakultetida ispan-italyan kafedrasining “Italyan tili” yo‘nalishi o‘qituvchilari hamda Università degli Studi di Catania vakili — Maria Alessandra Ragusa ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik, akademik mobillik, shuningdek, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar istiqbollari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘qitish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Seminar konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

SamDChTIda “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Karyera kuni” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirga Bulung‘ur tumani 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Nasimova G.O boshchiligida maktab o‘quvchilari hamda maktab o‘qituvchisi Jonzoqov Z. taklif etildi. Tadbir davomida Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Xakimov M.R. tomonidan o‘quvchilar uchun suhbat va ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga institutda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, zamonaviy o‘qitish tizimlari, mavjud yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar katta taassurotlar bilan qaytdilar. O‘quvchilar institutdagi sharoitlar, zamonaviy infratuzilma va keng imkoniyatlardan mamnun bo‘lib, kelgusida aynan shu dargohda tahsil olish istagini bildirdilar

24-aprel kuni Roman-german tillari fakultetida italyan oshxonasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Italyan tili yo‘nalishi 2506-guruh talabalari tashabbusi bilan, guruh rahbari Xodjieva Gulchehra boshchiligida tashkil etildi.Unda italyan tili yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek fakultet dekanati vakillari va tyutorlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida italyan oshxonasining an’analari, uning jahon gastronomiyasidagi o‘rni, mashhur milliy taomlar tarixi hamda Italiya madaniyatida ovqatlanish madaniyatining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan taqdimotlar, kichik sahna chiqishlari va viktorinalar tayyorlandi. Ishtirokchilar faol qatnashib, Italiya madaniyati haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar. Tadbir yakunida tashkilotchilar va o‘qituvchilar bunday tashabbuslar til va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi:

Ispan va italyan tillari” kafedrasidan filologiya fanlari doktori (DSc) Shomahmudova Aziza Furqatovna 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olganligi uchun diplom hamda noutbuk bilan taqdirlandi.


An’anaga ko‘ra Samarqand davlat chet tillar institutida bu yil ham xorijlik talabalar uchun "Yangi O'zbekistonda qadimiy shaharlarni kashf eting" deb nomlangan xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini boshladi.
Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan yozgi maktabda xorijlik talabalarga Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o'qituvchilari o'zbek xalqining boy madaniyati, urf-odat va an’analari haqida ma’lumot berish bilan birga, rus va o'zbek tillarini ham o'rgatishmoqda.
Bu safargi yozgi maktab Italiyaning Napoli Sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Samarqand davlat chet tillar institutida italyan tili o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassis Karlo Guastalla tomonidan malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur kursda italyan tilini chet tili sifatida o‘qitishda yangi metodik yondashuvlar, samarali amaliy vositalar hamda innovatsion strategiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish va ilmiy-didaktik g‘oyalar bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kurs yakunida italyan tili o‘qituvchilariga ALMA Edizioni nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar topshirildi.


Samarqand davlat chet tillar institutida yozgi kurs
Joriy yil 16-iyun – 5-iyul kunlari Italiyadagi Bari shahri “Bona Sforza” universiteti (SSML) talabalari – Giulia Macinagrossa va Sabrina Mele – italyan tili o‘qituvchilari tashabbusi bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan rus tili kursida qatnashdilar.
Mazkur tashabbus italyan tili o‘qituvchilarining hamkorlik doirasidagi faoliyati natijasi bo‘lib, talabalar rus tili bilan bir qatorda Samarqand shahri, O‘zbekiston tarixi va milliy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kurs yakunida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Sertifikatlarni institutning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J. Nasrullayev topshirdi.


Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti Ispan va italyan tillari kafedrasi dotsenti italiyalik Andrea Gallo bilan hamkorlikda seminar va mahorat darsi tashkil qilindi. Xorijiy davlatlar ta'lim tizimidagi yangiliklar, ularning o'qitish tajribasi haqidagi ma'lumotlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Kafedraning bosh ilmiy-tadqiqod mavzusi “Ispan va italiyan tillarini o‘qitishning yangi metodologik usullari” doirasida, hamda nafaqat ispan va italiyan tillari doirasida, balki ingliz va fransuz tillari misolida ham tilshunoslikning har xil qirralarini qamrab olgan holda kafedra mudiri dots. A.Begmatov va f.f.n, katta o‘qituvchi A.A.Tkachyova lar rahbarligida ilmiy tadqiqod ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan dots. A.Begmatov xorijiy tillarni o‘qitishda lingvodidaktik va kommunikativ metodlardan foydalanish ustida tadqiqod ishlarini olib bormoqda.Kafedra o‘qituvchilari Grammatik kategoriyalarning nutqda voqeylanishi xususiyatlari, stilistik figura va troplarning matnda qo‘llanilishi , hamda franko-ispan adabiyotining zamonaviy yo‘nalishlari bilan bog’liq masalalarni o‘rganmoqdalar.
Tashkiliy uslubiy ishlar:
Kafedra qoshida “Parliamo italiano” va “Yosh romanistlar” to’garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘’qituvchilariga biriktirilgan iqtidorli talabalar o’z tadqiqot yo’nalishi va mavzusi bo’yicha izlanishlar olib bormoqda. Bundan tashqari o’qituvchilar va talabalar tashabbusi bilan kafedrada italiya va ispania madaniyati, an’analari va she’riyatiga bag’islangan tadbirlar tashkil qilingan.
Ispaniyadan 15 ta darslik va 22 ta badiiy asarlar olib kelindi
Samarqand davlat chet tillar instituti ispan va italiyan tillari kafedrasi o‘qituvchilari Sharapova Lola va Burxonov Utkir Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha universitetida 2 oylik stajirovkani o‘tab kelishdi. “Stajirovka davomida ular Kastiliya La Mancha universitetida universitet ta’lim tizimi, dars berish metodikasi, kutubxonalari, labaratoriyalar, professor-o‘qituvchilar bilan tanishishdi. Shuningdek, “Toledo uch madaniyat markazi va ispan tili” kursida va “Ispan tili va gramatikasi” kursida ishtirok etishdi. Universitetning Gumanitar fanlar fakultetida tashkil etilgan “O‘zbekiston buyuk ipak yo‘li markazida” konferensiyasini o‘tkazishdi. Universitet rahbariyati bilan kelgusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, o‘zaro qo‘shma dastur asosida ta’lim berish (qo‘shma diplom) yuzasida kelishib olishdi.Bundan tashqari o‘qituvchilarimiz 15 ta darslik va 22 ta badiiy asarlarni olib kelib, ispan tili va madaniyati markaziga topshirishdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
