Ilmiy uslubiy faoliyat
19.11.2022 sanada Qo’shma ta’lim dasturlari kafedrasida “Hamkorlikni o'rganish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida tashkil qilingan ochiq dars mashg'uloti
Qo'shma ta'lim dasturlari fakultetida faoliyat olib borayotgan katta o'qituvchi Z.Shukurova tashabbusi bilan fakultetning 2+2 shaklidagi Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida ochiq dars mashg'uloti tashkil qilindi.

Ochiq dars "Hamkorlikni o'rganish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida tashkil etilib, unda "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti D.Jo'raqulov, fakultet dekani B.Odilov va boshqalar ekspertlar sifatida ishtirok etdilar. Dars davomida o’quvchilar krasvord yechishdilar, tezkor savol javoblar qilindi. O’quvchilar turli xil sahna ko’rinishlari qilishdilar. Dars davomida kuy qo’shiqlar ham ijro etildi xususan Donaboyeva Diyora tamonidan raqslar ijro etildi. Bo’ltakov Jahongir, Abrayeva Dilfuza, Husenov Nurmuhammad, Yusupov Murodullo tamonidan sherlar aytildi.
20.12.2022 kuni "Различия в речи москвичей и петербуржцев” mavzusidagi ochiq dars mashg'uloti
Qo'shma ta'lim dasturlari fakultetida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi G’ulomova Fotima tashabbusi bilan fakultetning 2+2 shaklidagi Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Ochiq dars "Различия в речи москвичей и петербуржцев” mavzusida tashkil etilib, unda "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi muduri f.f.d., prof G.X.Umurova va fakultet dekani B.Odilov va boshqalar ekspertlar sifatida ishtirok etdilar.
Dars davomida talabalar darsning muhim joylarini daftarlariga qayd qilib ham olishdi va PowerPoint dasturida yaratilgan video lavhani qiziqish bilan tomosha qilishdi. Keyingi dars qismida talabalar 3 ta guruhga bo’linib dars rejasining ma’lum qismini yaratdilar, va oxirida 3 ta guruhning qilgan ishlari birlashtirilib, 1 ta yaxlit dars rejasi tashkil qilindi. O’qituvchi guruhlarning chiqishlarini tahlil qildi va baholadi. Darsda talabalar rus xalq ijodiga mansub bo`lgan kuy va qo`shiqlardan ijro etishdi. Keyingi vazifa sifatida talabalarga yangi topshiriq shartlari tushuntirildi va mavzu berildi.
22.12.22 sanada tashkil qilingan " Revision. Types of reports” mavzusida ochiq dars mashg'uloti
Qo'shma ta'lim dasturlari fakultetida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi Toshmuhammedova Gulnoza tashabbusi bilan fakultetning 2+2 shaklidagi Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Ochiq dars " Revision. Types of reports” mavzusida tashkil etilib, unda “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasi o’qituvchisi Sh.G’.Djurayeva va fakultet dekani B.Odilov va boshqalar ekspertlar sifatida ishtirok etdilar.
Dars davomida o’quvchilar Letter types yuzasidan tezkor savollarga javoblar berishdi. O’quvchilar turli xil sahna ko’rinishlari qilishdilar. Dars davomida o’z faolligini namoyon etgan Ismoilov Yodgorbek, Djo’raqulov Savlat, Maxamatov Islom, Qodirova Nilufar, Egamberdiyeva Marjona lar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdilar.
23.12.22 kuni Madaniyatlar aro muloqot fanidan “Madaniyatga moslashish” mavzusida tadbir sifatida tashkil qilingan ochiq dars mashg'uloti
Qo'shma ta'lim dasturlari fakultetida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi Xannazarova Odina tashabbusi bilan fakultetning Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Ochiq dars “Madaniyatga moslashish” mavzusida tashkil etilib, unda Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra mudiri O‘. Qo‘ldoshev va fakultet dekani B.Odilov va boshqalar ekspertlar sifatida ishtirok etdilar.
Dars davomida o’quvchilar dunyo xalqlarining madaniyatlariga xos bo’lgan sahna ko’rinishlari va kuy qo’shiqlar ijro etishdi. Darsda o’qituvchi o’quvchilarni to’rt guruhga bo’lib oldi va 1-guruhga Afrika xalqlar madaniyatiga oid malumolar berishini, 2-guruhga esa Yevropa xalqlar madaniyati to’g’risida, 3-guruhga Avstraliya xalqlar madaniyati, 4-guruhga esa Osiyo xalqlar madaniyatiga oid malumotlar to’plash va u xalqlar madaniyatini tushuntirib berish vazifasi qo’yildi. Bunda 4-guruh vakillari Osiyo xalqlar madaniyatiga oid malumotlarni yetarlicha va atroflicha yoritib dars davomida o’z faolliklarini namoyon etishdilar.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
