Ilmiy uslubiy faoliyat
Kafedarning ilmiy yo‘nalishi: “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” deb nomlanadi.
Kafedra ilmiy salohiyati 41 foizni tashkil qiladi.
Kafedra professor o‘qituvchilarining muntazam ravishda vaqtli matbuotda chiqishlari e’lon qilinib boriladi. Shuning bilan birga yuqori impact faktorli jurnallarda, OAK tasarrufidagi jurnallarda, Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda maqolalar nashr etilmoqda.
Kafedra professor o‘qituvchilaridan professor E.R.Musurmanovning “Buyuk ipak yo‘li madaniyati, mifologiyasi va arxitekturasi”, “Bolalar adabiyoti” o‘quv qo‘llanmalari, “Samarqand buyuk ipak yo‘li chorrahasida: o‘tmish zarvaraqlari” monografiyasi, dotsent I.M.Pardayevaning “Navoiyshunoslik” darsligi va “Tarixiy asarlarda shoxlar zikri” monografiyasi, dotsent M.A.Xalovaning “XX asr she’riyatida ayol qalbi dialektikasi” monografiyasi, H.A.Aslanovaning “Ilk devonchilik an’anasi va Gadoiyning badiiy mahorati” nomlari monografiyalari nashr etilgan.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
