Ilmiy uslubiy faoliyat
Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘z faoliyatini ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda uyg‘un olib boradi. Kafedra a’zolari tomonidan sinologiya, Xitoy tili nazariyasi, tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda tarjima nazariyasi yo‘nalishlarida ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratilmoqda.
Xitoy tili o‘qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, multimedia vositalari, audio-video materiallar hamda onlayn platformalardan foydalanish amaliyotga joriy etilmoqda. Professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda Xitoyning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarda qatnashib, ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etmoqdalar.
Kafedra huzurida tashkil etilgan “Xitoyshunoslik” to‘garagida talaba va yosh tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy seminarlar, tarjima mashg‘ulotlari va amaliy mahorat darslari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda kafedra tomonidan:
“Zamonaviy Xitoy tili grammatikasi”, “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Xitoy madaniyati asoslari” kabi yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda;
O‘zbek va xitoy tillarida ikki tilli terminologik lug‘atlar, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslikka oid qo‘llanmalar tayyorlanmoqda;
O‘zbek adabiyotining tanlangan namunalari xitoy tiliga, hamda xitoy adabiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilish loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan yangi sillabuslar, metodik ko‘rsatmalar va elektron darsliklar ishlab chiqilib, ular xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqlashtirilmoqda.
Mazkur ilmiy-uslubiy faoliyat natijasida kafedra nafaqat institut, balki mamlakat miqyosida xitoy tili, madaniyati va tarjimashunoslikni o‘rganishning yetakchi ilmiy markazlaridan biriga aylanib bormoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
