SamDCHTI jamoasi xalqimizga xos hislatlarini namoyon etishdi

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi. 

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Yaqinlashib kelayotgan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ko‘p yillar davomida institutda faoliyat ko‘rsatgan ustozlarni, keksalarni, shu qatorda urush qatnashchilari hamda boquvchisini yo‘qotganlarning holidan xabar olib, ularga xalqimizga xos hislatlarini namoyon etishdi.  

Nafaqat ayni damda, balki domiy yaqinlarimizga hamda ko‘makka mohtojlarga bag‘rimizni keng ochaylik.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-05-05 10:45:00 106