Xorijiy hamkorlar bilan videokonferensiya shaklda muloqot olib borilmoqda

2020-yilning 5-may kuni O’zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Elchixonasi, Ispaniyaning Kastiliya La Mancha  Universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga bag’ishlangan videokonferensiya o’tkazildi.

Videokonferensiyada SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov, O’zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi 2-kotibi N.F.Quvondiqov, Kastiliya La Mancha Universiteti xalqaro aloqalari bo‘yichi prorektori Fotima Gomez Guadamiyaz, Kastiliya La Mancha Universiteti xalqaro aloqalar bo‘limining akademik direktori Jordi Gimeno Bevia, Ispaniyaning “GEDEPSA” xalqaro turizm tashkiloti direktori Alexandro Patrana, SamDCHTI o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Sh. Ro’ziqulov, SamDCHTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Sh.S.Ashurov, SamDCHTI RGT fakulteti dekani B.Y.Primov, SamDCHTI Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupov, SamDCHTI xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i B.N.Berdialiyev hamda SamDCHTI RGT fakulteti dekan o’rinbosari U.F.Burxonovlar ishtirok etishdi.

Videokonferensiya davomida SamdCHTIda  KLMU bilan hamkorlikda “Turizm sohasi bo’yicha xodimlar tayyorlash markazi”ni tashkil etish, Kastiliya La Mancha Universiteti va SamDCHTI o’rtasida o’zaro qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashuvini yo’lga qo’yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-05-05 17:17:39 111