Chirkin illat hisoblanmish korrupsiyaga yo'l bermaylik!

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 1-iyul kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Ta’lim muassasasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda institut rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari, hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdilar.

Jarayon davomida ta’lim tizimida chirkin illat bo‘lib, salbiy ta’sir qilib haligacha davom etayotgan korrupsiyaning ildizini kesib tashlash, ta’lim tizimi va ta’lim jarayonining sifatini yetarli darajada takomillashtirish, buning uchun sohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqish, besh muhim tashabbus doirasida yurt kelajagi bo‘lmish talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun yetarli darajada imkoniyatlar yaratish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuniga sharh berildi va shu asosda muassasaga korrupsiya holatlarining kirib kelishiga also yo’l qo’ymaslik, illatga qarshi jamoaviy hamjihatlikda kurashish kabi masalalar yuzasidan mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.  

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-07-01 15:45:00 96