Kontrakt miqdori o'zgarmagan, amaldagi tartib bo'yicha qoldirildi!

Samarqand davlar chet tillar instituti

Kontrakt miqdori boʼyicha hech qanday oʼzgarish kiritilmadi. Kotrakt puli eng kam oylik miqdoriga bogʼlangan. Аgar shu bogʼlanish miqdori oʼzgarsagina, kontrakt summasi oʼzgarishi mumkin. 
 
Hozirgi kontrakt bazaviy miqdori shartli ravishda qoʼyilgan miqdor. U hamma xarajatlarni qoplaydigan miqdor emas. Bu miqdorning oʼzi imtiyozli.
 
Joriy yildan 10 ta OTM oʼzini oʼzi moliyalash tizimiga oʼtgan edi. Yaʼni bu OTMlar xarajatlarini qoplash uchun oʼzlari kontrakt miqdorini belgilashlari kerak edi. Lekin karantin sharoitidan kelib chiqib, ular shartnoma pulini oʼzgartirmaslika qaror qilishdi. Bu ham imtiyozlardan biri hisoblanadi.
 
Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan.

Respublikamizda pandemiya munosabati bilan aholiga koʼmak boʼlishi uchun Samarqand davlat chet tillar instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmadi, amaldagi tartib bo‘yicha o‘zgarishsiz qoldi.

Izoh: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov kontrakt qiymati miqdorlari ham navbatdagi o‘quv semestri boshidan mos ravishda oshiriladi.

 
 

 

Share:
2020-07-13 14:50:00 104