Oʼqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

Samarqand davlar chet tillar instituti

 “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida” Qonun (OʼRQ-629-son, 21.07.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi.

Xususan, “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida”gi kodeks  197⁵ - modda bilan toʼldirildi.

Unga koʼra, taʼlim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʼsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʼlishi belgilandi.

Bunday huquqbuzarlik uchun:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 115 ming soʼmdan 1 mln 561 ming soʼmgacha);
  • mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 mln 561 ming soʼmdan 2 mln 230 ming soʼmgacha) jarima qoʼllaniladi.

Shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:

  • fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 561 ming soʼmdan 2 mln 230 ming soʼmgacha);
  • mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 mln 230 ming soʼmdan 3 mln 345 ming soʼmgacha) jarima qoʼllanishi mumkin.

Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda taʼlim muassasasining pedagog xodimi maʼmuriy bayonnoma tuzmasdan oʼz arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni hamda boshqa zarur boʼlgan maʼlumotlarni koʼrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Manba: Axborot xizmati

Share:
2020-07-22 18:50:00 110